Vazifalar

Maxsus sozlamalar

Vazifaning qo‘shimcha sozlamalari

Vazifalar bo’limiga kirib qoshish tugmasini bosamiz

  1. Menejerlarni xabardor qilish
    Ushbu belgini yoqsangiz, menejerlar vazifa yaratilgani va undagi o‘zgarishlar haqida bildirishnomalar oladi.

  2. KPI rejasi
    Bu maydonda vazifa bo‘yicha rejalashtirilgan KPI summasini ko‘rsatish mumkin. Ushbu summa hisobotlarda haqiqiy natijalar bilan solishtirish uchun ishlatiladi.

  3. Kichik vazifalar

    • Ketma-ketlikni yoqish
      Ushbu sozlamani yoqsangiz, kichik vazifalar ketma-ket bajariladi. Xodim keyingi vazifani faqat oldingisini tugatgandan keyin bajarishi mumkin.

    • Majburiy foto qo‘shish
      Agar yoqilsa, xodim kichik vazifani bajarayotganda albatta foto hisobot biriktirishi kerak bo‘ladi.

  4. Yuqori ustuvorlik
    Yoqilganda, vazifa ijrochi uchun ustuvor (prioritet) sifatida ko‘rsatiladi.

  5. Galereyadan yuklashga ruxsat berish
    Ushbu sozlama yoqilsa, xodimlar faqat kamera orqali emas, balki telefon galereyasidan ham foto yuklay oladi.

  6. Kategoriyani bog‘lash
    Vazifani quyidagi parametrlar bilan bog‘lash mumkin:

    • Lokatsiya – vazifa bajariladigan aniq joy tanlanadi.

    • Bo‘lim – vazifa tegishli bo‘lgan bo‘lim tanlanadi.

    • Lavozim – vazifa yaratiladigan xodimlarning lavozimi tanlanadi.

Yangilangan Ushbu javobga havola